Sayt beta rejimida ishlamoqda. Biz uni takomillashtirishda davom etyapmiz.

  1. Bosh sahifa
  2. “Tekin tekin” aksiyasi
Artel Brandshop — Tekin, tekin + sov'ga
Artel Brandshop — Tekin, tekin + sov'ga
Artel Brandshop — Tekin, tekin + sov'ga

“TEKIN TEKIN” AKSIYASI

KIR YUVISH MASHINALARI UCHUN OMMAVIY OFERTA

Mazkur oferta “Texnoland” MChJ (“Artel Brandshop”) tomonidan taqdim etilgan ommaviy taklif bo‘lib, aksiya mahsulotini xarid qilish uning shartlarini to‘liq qabul qilish hisoblanadi.

1. Aksiya muddati va hududi

Aksiya 2026-yil 8-sentabrdan boshlanadi va Artel Brandshop do‘konlari hamda rasmiy masofaviy savdo kanallari orqali amalga oshiriladi. Bepul yetkazib berish va o‘rnatish faqat Toshkent shahri hududida amal qiladi.

2. Aksiyada ishtirok etuvchi modellar

Aksiya quyidagi Artel kir yuvish mashinalariga amal qiladi:

Model

Rang

WF7003010A00

Oq

WF7003012D00

Kulrang

WF7003013D00

Oltin rang

WF7003013D00

Kulrang

WF7003013K00

Kulrang

WF80P3012D00

Kulrang

WF80P3013D00

Oltin rang

WF80P3013D00

Kulrang

WF80P3013K00

Kulrang

Ro‘yxatga kiritilmagan boshqa modellar aksiyada ishtirok etmaydi.

3. Aksiya shartlari

Aksiya mahsulotini xarid qilgan mijozga:

  • bepul yetkazib berish;

  • bepul standart o‘rnatish;

  • bonus sifatida kiyim quritgich (sushilka) taqdim etiladi.

Bonus quritgichning modeli, turi va xususiyatlari Tashkilotchi tomonidan belgilanadi. Standart o‘rnatishdan tashqari qo‘shimcha xizmatlar alohida to‘lanadi.

4. To‘lov va yetkazib berish

Mahsulotni naqd, bank kartasi yoki hamkorlar orqali muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin. To‘lov usulidan qat’i nazar, aksiya shartlari saqlanadi.

Yetkazib berish muddati logistika, yo‘l sharoitlari va boshqa tashqi omillarga bog‘liq.

5. Yakuniy qoidalar

Tashkilotchi noto‘g‘ri manzil, mijoz bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmasligi yoki fors-major sababli yuzaga kelgan kechikishlar uchun javobgar emas.

Tashkilotchi aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega. O‘zgarishlar Artel Brandshop’ning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi.

Nizolar muzokara orqali, kelishuv bo‘lmasa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.