Sayt beta rejimida ishlamoqda. Biz uni takomillashtirishda davom etyapmiz.

  1. Bosh sahifa
  2. «Narxiga gap yo‘q!» aksiyasi
Artel Brandshop — Narxiga gap yo'q
Artel Brandshop — Narxiga gap yo'q
Artel Brandshop — Narxiga gap yo'q

«NARXIGA GAP YO‘Q!» AKSIYASI

Artel Brandshop’da narxiga gap yo‘q!

Aksiya maxsus «NARXIGA GAP YO‘Q!» stikeri bilan belgilangan Artel maishiy texnikalariga amal qiladi.

Agar aksiya doirasidagi mahsulotni boshqa rasmiy chakana savdo do‘konida aynan shu model va artikul bilan arzonroq narxda topsangiz, narxlar o‘rtasidagi farq cashback ko‘rinishida Artel Brandshop balansingizga qaytariladi.

Qanday ishlaydi?

  1. 1

    Aksiya stikeri mavjud mahsulotni tanlaysiz.

  2. 2

    Aynan shu mahsulotning boshqa rasmiy chakana do‘kondagi arzonroq narxini taqdim etasiz.

  3. 3

    Narx Artel Brandshop xodimi tomonidan tekshiriladi.

  4. 4

    Shartlar bajarilgan taqdirda narxlar farqi cashback sifatida hisoblanadi.

Asosiy shartlar

  • Mahsulot modeli va artikuli aynan bir xil bo‘lishi kerak.

  • Mahsulot yangi va raqobatchi do‘konda sotuvda mavjud bo‘lishi kerak.

  • Narx rasmiy sayt, katalog yoki boshqa tasdiqlangan manba orqali tekshirilishi lozim.

  • Marketplace’dagi individual sotuvchilar, norasmiy sotuvchilar, ishlatilgan mahsulotlar, promo-kodlar, individual bonuslar va maxsus aksiyalar narxlari taqqoslash uchun qabul qilinmaydi.

  • Cashback naqd yoki bank kartasiga berilmaydi, Artel Brandshop balansiga hisoblanadi.

  • Bir xarid uchun maksimal cashback — 200 000 so‘m.

Aksiya muddati

Aksiya 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Boshqa do‘konda arzonroqmi? Farqini qaytaramiz!

Artel Brandshop — NARXIGA GAP YO‘Q!

Xaridga o‘tish